logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peter Shmeyxel «Arsenal»ni tanqid qildi: «Adolatli hakamlik bo'lganda, ular peshqadam bo'lmasdi»

 11 MAY, 2026, 11:30

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel hakamlar «Arsenal»ga juda ko'p narsaga ruxsat berayotgan deb hisoblaydi.

«To'pchilar»ning raqiblari ko'pincha burchak zarbalari vaqtida darvozabonlarni to'sib qo'yish holatlari Mikel Arteta jamoasiga «kechirilayotganidan» shikoyat qilishadi. Ushbu e'tirozlarga mashhur daniyalik ham qo'shildi.

«Arsenal» butun mavsum davomida raqib darvozabonlarini to'sib qo'ymoqda. Agar bunday gollar bekor qilinganda, ular hech qachon peshqadamlar qatorida bo'lmasdilar. Bu juda adolatsizlik. Bundan g'azabdaman», — dedi Shmeyxel Viaplay efirida.

Yakshanba kuni «Arsenal» «Vest Xem» ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi. «To'pchilar» 79 ochko bilan «Manchester Siti»ni (74 ochko, bitta zaxira o'yini bor) ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ