logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kanselu: «Al-Hilol» meni ochiqchasiga aldadi»

 11 MAY, 2026, 11:24

«Barselona»da ijara asosida to'p surayotgan «Al-Hilol» himoyachisi Joau Kanselu Saudiya klubida yuz bergan noxush voqea haqida so'zlab berdi. Portugaliyalik futbolchi qishki transfer oynasida «ko'k-anorranglilar» safiga kelib qo'shilgan edi. Ijara kelishuvi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

«Al-Hilol»da meni aldashdi. Klub meni liga o'yinlarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tkazishga va'da bergandi, biroq muddat tugagach, meni qaydnomaga kiritishmadi. Odamlar ko'pincha xarakterim yomonligi haqida gapirishadi, lekin men shunchaki o'z so'zimda turaman va undan hech qachon qaytmayman», — deya Barca Universal Kanseluning so'zlarini keltiradi.

Turli OAV ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» 31 yoshli futbolchini o'z safida saqlab qolishdan manfaatdor. Lateralning o'zi ham Kataloniyada qolishni istamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ