logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning nishonida bo'lgan Entso Fernandes uchun «Chelsi» yangi reja tayyorladi

 11 MAY, 2026, 11:12

«Chelsi» yarim himoyachi Entso Fernandesni jamoada saqlab qolmoqchi. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi faqat 2032 yilda yakuniga etsa-da, klub unga yangi kelishuv taklif qilishga tayyor.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «ko'klar» rahbariyati argentinalik futbolchi bilan mehnat shartnomasini 2033 yoki 2034 yilgacha uzaytirishni istamoqda. Transfermarkt mutaxassislari Entso Fernandesning qiymatini 90 mln evroga baholamoqda. Yarim himoyachiga nisbatan Madridning «Real» klubi va Evropaning boshqa grandlari anchadan beri qiziqish bildirib kelayotgani aytiladi. Joriy mavsumda futbolchi London jamoasi safida barcha musobaqalarda 51 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ