logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Mourinoning tayinlanishini qachon e'lon qilishi ma'lum bo'ldi

 11 MAY, 2026, 11:12

Joze Mourino Madridning «Real» klubiga qaytishga juda yaqin turibdi. «The Special One»ning tayinlanishi — deyarli hal bo'lgan masala. Cope nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «qirollik klubi» portugaliyalik mutaxassisning qaytishini mavsum tugashi bilan e'lon qiladi.

«Qaymoqranglilar»ning joriy mavsumdagi so'nggi o'yini 24 may kuni «Atletik Bilbao»ga qarshi bo'lib o'tadi. «Real» allaqachon chempionlik imkoniyatlarini yo'qotgan: yakshanba kuni jamoa safarda «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi va bu natija marraga uch tur qolganda «ko'k-anorranglilar»ning chempionligini ta'minladi.

Mourino yanvar oyidan beri madridliklar boshqaruvida turgan Alvaro Arbeloaning o'rnini egallaydi. Hozirda Joze «Benfika»da faoliyat yuritmoqda, Portugaliya klubi murabbiy bilan xayrlashgani uchun taxminan 6 mln evro kompensatsiya oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ