logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reshford ilk bor liga chempionligini qo'lga kiritdi

 11 MAY, 2026, 11:06

Markus Reshford «Barselona» tarkibida La Liga g'olibiga aylandi. Ingliz futbolchisi Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan «oltin o'yin»ning 9-daqiqasida hisobni ochib, kataloniyaliklarning zafariga munosib hissa qo'shdi. «Ko'k-anorranglilar» printsipial raqibni mag'lub etib (2:0), chempionat yakuniga uch tur qolganda chempionlikni naqd qilishdi.

28 yoshli Reshford uchun bu faoliyatidagi ilk liga chempionligi hisoblanadi. Bungacha vinger «Manchester Yunayted» safida turli klub turnirlarida g'olib chiqqan bo'lsa-da, chempionatdagi g'alaba ta'mini aynan hozir his qildi. Eslatib o'tamiz, «Barselona» Reshfordni «qizil iblislar»dan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ