logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Allegri «Milan»ning muammolari haqida gapirdi

 11 MAY, 2026, 10:54

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Atalanta»ga qarshi o'yindagi (2:3) muvaffaqiyatsizlikka izoh berdi. «Rossonerilar» Chempionlar Ligasi yo'llanmasisiz qolish xavfi ostida turibdi: hozirda milanliklar 36-turdan so'ng 67 ochko jamg'argan holda «Roma» bilan to'rtinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

«O'yin ancha yaxshi boshlangandi, lekin «Atalanta» birinchi vaziyatni golga aylantirgach, hamma narsa izdan chiqib ketdi. Omadsiz natijalar uchun mas'uliyat mening bo'ynimda. Futbolchilar bor kuchlarini berishmoqda, hozir aybdor qidiradigan vaqt emas. Men Chempionlar Ligasi yo'llanmasi hali naqd qilinmaganini bir necha bor aytgandim, garchi ko'pchilik buning aksini ta'kidlagan bo'lsa-da. Bungacha bizda pasayish kuzatilmagandi, shuning uchun ertami-kechmi bu sodir bo'lishini bilardim. Endi bor e'tiborni qolgan ikkita o'yinga qaratishimiz kerak», — dedi Allegri DAZN nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ