logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Paulo Dibala kelajagi haqida gapirdi

 11 MAY, 2026, 10:12

Argentinalik hujumchi Paulo Dibala o'z kelajagi haqida fikr bildirdi.

— Mening shartnomamda navbatdagi o'yin «Roma» safidagi so'nggi uchrashuvim bo'lishi yozilgan. Bitim iyun oyida yakuniga etadi va hozircha «Roma»dan hech kim men bilan aloqaga chiqqanicha yo'q, — dedi Dibala Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Futbolchi 25 yanvardan buyon tizza bo'g'imidagi yallig'lanish sabab maydonga tushmayapti. U bir oydan ortiq vaqt davomida konservativ davolanish kursini o'tadi, jumladan, igna bilan davolash usulidan ham foydalanildi. Biroq bu kutilgan natijani bermadi.

Joriy mavsumda Dibala 21 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va uchta assist muallifi bo'ldi.

Avvalroq OAVda Dibala yozda Argentinaning «Boka Xuniors» klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ