logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maykl Olise noyob ko'rsatkich qayd etdi — so'nggi 21 yilda bunday natijaga faqat Sancho erishgan

 11 MAY, 2026, 10:12

«Bavariya» vingeri Maykl Olise Bundesliganing 33-turida «Volfsburg»ga qarshi uchrashuvda (1:0) g'alaba goliga mualliflik qildi.

Ushbu gol 24 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun Germaniya chempionatining joriy mavsumidagi 15-gol bo'ldi. Hozirga qadar Olise Bundesliganing 31 uchrashuvida 34 ta samarali harakat amalga oshirgan — 15 gol va 19 assist.

Shu tariqa, Maykl Olise 2004/2005 yilgi mavsumdan buyon Bundesligada bir mavsum davomida kamida 15 ta gol va 15 ta assist qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.

Bungacha bunday natijaga faqat Jeydon Sancho erishgan edi. U 2019/2020 yilgi mavsumda «Borussiya Dortmund» safida o'ynab, 17 ta gol va 16 ta assist qayd etgan.

Mazkur ko'rsatkichga «Bavariya»ning yana bir vingeri Luis Dias ham yaqin turibdi. Bu natijani takrorlash uchun u so'nggi turda «Kyoln»ga qarshi bahsda yana ikki assist amalga oshirishi kerak.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ