logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

18 yoshli Yamal «Barselona» bilan oltinchi sovrinini qo'lga kiritdi

 11 MAY, 2026, 08:00

«Barselona»ning 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamal jamoa safidagi oltinchi sovriniga ega chiqdi. Avvalroq kataloniyaliklar Madridning «Real» klubini 2:0 hisobida mag'lub etib, Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan edi.

Umuman olganda, Lamin Yamal «Barselona» bilan birgalikda uch marta La Liga, bir marta Ispaniya Kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogida g'olib chiqqan.

Ushbu g'alabadan keyin «Barselona» muddatidan avval Ispaniya chempionligini rasman ta'minladi. Jamoa 91 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. «Real» esa 77 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan. Mavsum tugashiga yana uch tur qoldi.

Shu tariqa, «Barselona» o'z tarixida 29-marta Ispaniya chempioniga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ