logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa «Barselona»ning chempionligi haqida fikr bildirdi

 11 MAY, 2026, 07:48

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 35-turi doirasidagi «el-klasiko»dan keyin «Barselona»ni chempionlik bilan tabrikladi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

— Bugun «Barselona»ni chempionlik bilan tabriklash kerak, — dedi Arbeloa.

Kataloniya klubi mavsum tugashiga uch tur qolganida Ispaniya chempionligini rasman ta'minladi. «Barselona» 91 ochko bilan La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» klubi esa ikkinchi o'rinda bormoqda.

Shu tariqa, «Barselona» ketma-ket ikkinchi mavsum Ispaniya chempioniga aylandi. O'tgan mavsumda kataloniyaliklar 38 uchrashuvda 88 ochko to'plab, «Real»ni to'rt ochkoga ortda qoldirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ