logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» oxirgi 6 o'yinda 4 bor mag'lub bo'ldi

 11 MAY, 2026, 02:42

«Milan» oxirgi oltita o'yinning to'rttasida mag'lubiyatga uchradi.

Massimiliano Allegri shogirdlari bugun A Seriyaning 36-turi doirasida o'z maydonida «Atalanta»ga imkoniyatni boy berdi — 2:3.

Aprel oyi boshidan beri «rossonerilar», shuningdek, «Sassuolo» (0:2), «Udineze» (0:3) va «Napoli»dan (0:1) mag'lub bo'lishdi, «Yuventus» bilan durang (0:0) o'ynashdi va faqat «Verona» ustidan g'alaba (1:0) qozonishdi. Shu tariqa, jamoa so'nggi oltita o'yinda bor-yo'g'i uchta gol urdi.


Chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganda «Milan» to'rtinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 67 ochko mavjud — xuddi beshinchi pog'onadagi «Roma» kabi. «Komo» esa ulardan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

17 may kuni milanliklar «Jenoa» bilan, 24 may kuni esa «Kalyari» bilan kuch sinashadi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ