"Shaxtyor" muddatidan oldin Ukraina chempioniga aylandi
10 MAY, 2026, 23:06
Ukrainada chempion nomi mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda ma'lum bo'ldi. Yakshanba kuni «Shaxtyor» «Poltava»ni tor-mor keltirib, Premer-liga turnir jadvalida etib bo'lmas darajada ilgarilab ketdi.
Ikkinchi o'rinda borayotgan «Polese» jamoasi «Shaxtyor»dan 11 ochko ortda qolmoqda. Kuchli uchlikni yangi chempiondan 12 ochko kam jamg'argan LNZ yakunlab berdi. Ko'p karra chempion «Dinamo Kiev» esa bu mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda va hozirda to'rtinchi pog'onani egallab turibdi. Kievliklar «Shaxtyor»dan naq 18 ochkoga ortda qolgan.
«Shaxtyor» o'z tarixida 16-bor Ukraina chempioniga aylandi. Chempionlik unvonlari soni bo'yicha «konchilar» «Dinamo»ga (17 ta titul) ancha yaqinlashib qoldi.
