La Liga. "Atletik" o'z maydonida "Valensiya"ga imkoniyatni boy berdi
10 MAY, 2026, 21:30
Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida Bilbaoning "Atletik" klubi o'z maydonida "Valensiya"ni qabul qildi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 72-daqiqada mehmonlar hujumchisi Umar Sadik tomonidan kiritildi. E'tiborli jihati shundaki, bahsning 27-daqiqasida "Valensiya" hujumchisi Ugo Duro penaltidan unumli foydalana olmagan edi.
Ushbu natijadan so'ng "Atletik" 44 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog'onasida qoldi. "Valensiya" esa ochkolari sonini 42 taga etkazib, 12-o'ringa ko'tarilib oldi.
Navbatdagi turda "Atletik" 13 may kuni safarda "Espanol" mehmoni bo'ladi. "Valensiya" esa 14 may kuni o'z uyida "Rayo Valekano"ni qabul qiladi.
«ATLETIK» — «VALENSIYa» — 0:1
Gol: Umar Sadik 72 (0:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Ugo Duro 27 (darvozabon).
«Atletik»: Simon, Alvares, Lyaport (Vivian, 46), Berchiche, Gorosabel, Xauregisar, Rego (Vesga, 71), Sanset (Berenger, 65), Uilyams (Inyaki Uilyams, 36), Navarro (Gomes, 71), Guruseta.
«Valensiya»: Dimitrievski, Tarrega, Eray Djemert, Xose Gayya, Saraviya (Vaskes, 90+6), Rodriges, Pepelu (Ugrinich, 70), Gerra (Nunes, 83), Rioxa, Diego Lopes (Sadik, 70), Duro (Ramazani, 70).
Ogohlantirishlar: Lyaport (16), Rego (55) — Eray Djemert (50), Pepelu (59), Sadik (88).

