Super Rapid & Blitz Poland 2026. Sindarov turnirni nechanchi o'rinda yakunladi va qancha mukofot puli ishlab oldi?
10 MAY, 2026, 20:00
Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Grand Chess Tour Super Rapid & Blitz 2026 turniri Hans Niemanning g'alabasi bilan yakuniga etdi.Amerikalik grossmeyster rapid va blic musobaqasida umumiy 36 imkoniyatdan 22.5 ochko jamg'arib, Super Rapid & Blitz Poland 2026 chempioniga aylandi. Birinchi o'rin unga 50 000 dollar mukofot puli hamda 13 GCT keltirdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Nieman rapid yo'nalishini peshqadam sifatida yakunlagan bo'lsa-da, blic bahslarida kutilmagan qiyinchiliklarga duch keldi va 16-turda amaldagi jahon toji sohibi Gukesh Dommaradjuga imkoniyatni boy berdi. SHunga qaramay, u so'nggi ikki turda g'alaba qozonib, chempionlikni qo'lga kiritdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Hamyurtimiz Javohir Sindarov turnirda nisbatan omadsiz ishtirok etdi. Nomzodlar turniri g'olibi 36 imkoniyatdan 16.5 ochko jamg'arib, 7-o'rin bilan kifoyalandi. Ushbu natija orqali Javohir 9 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi.

Manba: olamsport.com
