logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ferran Torres "Manchester Siti"ga qaytishi mumkin: Transfer sharti ma'lum bo'ldi

 10 MAY, 2026, 19:18

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres faoliyatini yana "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

El Nacional nashrining xabar berishicha, "shaharliklar" forvardni qayta sotib olishga tayyor. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shaxsan ushbu transfer tarafdori sifatida chiqmoqda.

Biroq, ushbu potentsial kelishuv misrlik hujumchi Omar Marmushning "Barselona"ga o'tishiga bevosita bog'liq. "Manchester Siti" rahbariyati faqatgina misrlik futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolagan taqdirdagina Torres transferini rasmiylashtirishga kirishadi.

Ma'lumot uchun, Ferran Torres 2020 yildan 2022 yilgacha "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan. Hujumchi "shaharliklar" tarkibida jami 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ