37 yoshli Mxitaryan yozda faoliyatini yakunlashi mumkin
10 MAY, 2026, 19:00
"Inter" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin.Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, 37 yoshli futbolchi fevral oyidan beri bunday imkoniyatni ko'rib chiqmoqda, "Inter" esa uning kelajak haqidagi qarorini kutmoqda.
Mxitaryanning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida tugaydi. Tez orada futbolchi o'ynashni davom ettirish yoki professional futbolni tark etish haqida qaror qabul qiladi.
Joriy mavsumda Genrix A Seriyada 28 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: olamsport.com
