logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Bundesliga yulduzini Ispaniyaga olib kelmoqchi

 10 MAY, 2026, 17:42

Dortmundning «Borussiya» klubi a'zosi Karim Adeyemi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashrining xabariga ko'ra, «qirollik klubi» 24 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, Adeyemi madridliklarning o'ng qanot hujumi uchun short-listidagi yagona nomzod emasligi qayd etilgan. Germaniyalik futbolchining dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Adeyemi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ