logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peti «Real»ning asosiy muammosi nima ekanligini aytdi

 10 MAY, 2026, 17:24

Frantsiya terma jamoasining sobiq a'zosi Emmanuel Peti Madridning «Real» klubidagi ichki muhit haqida keskin fikr bildirdi. Uning fikricha, futbolchilarning o'ziga bino qo'yishi va tartibsiz xulq-atvori murabbiylar shtabi ishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

«O'yinchilarning «ego»si klubning eng katta muammosiga aylanmoqda. Ular boshqarib bo'lmas darajaga etib qoldi. Oxirgi ikki murabbiy bu bosimni engishga rosa harakat qildi, chunki yulduzlar o'zini murabbiydan ustun qo'ya boshlagan, bu esa nizolarga sabab bo'ladi», — deya Petining so'zlarini keltiradi BOYLE Sports.

So'nggi vaqtlarda Ispaniya matbuotida «qirollik klubi» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va ayrim futbolchilar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqida xabarlar ko'paydi. Biroq mutaxassisning o'zi bu ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ta'kidlab kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, «El-Klasiko» oldidan «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ