Sport gimnastikachilarimiz Jahon chellenj kubogida 3 ta medalga sazovor bo'lishdi
10 MAY, 2026, 17:16
Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chellenj kubogi yakuniga etmoqda.Unda O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Kumush medal:
Ravshan Komiljanov (ot ustida mashq).
Bronza medal:
Axrorxon Temirxonov (xalqadagi mashq)
Ravshan Komiljanov (erkin mashq).
Manba: olamsport.com
