O'zbekiston U-15 terma jamoasi UEFA "Rivojlanish kubogi"da Gruziya bilan kuch sinashdi
10 MAY, 2026, 17:12
Miraziz Mirzaahmedov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar (U-15) terma jamoasi UEFA tomonidan tashkil etilgan "Rivojlanish kubogi" (Development Cup) turniri doirasida Gruziya vakillariga qarshi maydonga tushdi.
Ushbu bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Hamyurtlarimiz safida yagona gol muallifi Farzod Sobirjonov bo'ldi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. "Lotereyalar" bahsida omad gruziyalik futbolchilarga kulib boqdi — 4:5.
UEFA "Rivojlanish kubogi"
O'zbekiston — Gruziya — 1:1 (penaltilar seriyasi: 4:5)
Gol: Farzod Sobirjonov.
O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi: Daniel Taraev, Abduvoris Qudratov, Ilhom Mirzaev, Kamronbek Qahramonov (S), Muhammadali Lutfullaev, Abdulloh Baxtiyorov, Firdavs To'xtaboev, Rustam Abduraimov, Afruz Ernazarov, Roman Ayzattulov, Mirjalol Mirodilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Siddiqov, Sobirjonov, Mirzohidov, Farmonov, Ahmatillaev, Po'latov, Muxtorjonov, Hasanboev.
