logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Zair-Emeri nima sababdan Enrikening eng sevimli futbolchisiga aylandi?

 10 MAY, 2026, 16:54

Frantsiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa yarim himoyachisi Uorren Zair-Emerining universal qobiliyatlarini yuqori baholadi. Ispaniyalik mutaxassis 20 yoshli futbolchining maydondagi intizomi va mahoratiga to'xtalib o'tgan.

«U istalgan pozitsiyada o'ynay oladi. Bu aql bovar qilmaydigan holat. Men bu futbolchini juda yaxshi ko'raman! U haqiqiy o'rnak bo'la oladigan namunali o'yinchi», — deya Enrikening so'zlarini keltiradi L'Équipe nashri.

Ma'lumot uchun, Zair-Emeri joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bugun, 10 may kuni Frantsiya chempionatining 33-turi doirasida «PSJ» o'z maydonida «Brest»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ