logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Roberto Badjo Italiya futbolidagi muammolar va terma jamoaning muvaffaqiyatsizligi sabablari haqida gapirdi

 10 MAY, 2026, 16:36

Italiya terma jamoasi afsonasi Roberto Badjo mamlakat futbolidagi tizimli muammolarga to'xtalib o'tdi. Ekspertning fikricha, ichki chempionatda mahalliy futbolchilar sonini oshirish va yosh iste'dodlarni tarbiyalash tizimini tubdan isloh qilish zarur.

«Ko'p narsani o'zgartirish kerak. Bolalar endi ko'chalarda futbol o'ynamay qo'ydi, A Seriyada esa italiyalik o'yinchilar juda kam. Iste'dodlar hali ham bor, lekin ularni izlab topish, himoya qilish va tarbiyalab voyaga etkazish kerak», — deya Badjoning so'zlarini keltiradi Corriere dello Sport.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatidan quruq qoldi. «Skuadra Adzurra» o'tish bosqichi doirasida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi kechgan bahsda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ