logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dana Uayt tasdiqladi! Xamzat CHimaev Bogdan Guskovning divizioniga o'tadi

 10 MAY, 2026, 16:32

O'rta vazn toifasining sobiq chempioni Xamzat CHimaev endi yangi divizionda faoliyat olib boradi.

Asli chechenistonlik sportchi bugun AQSHning Nyuark shahri mezbonlik qilgan UFC 328 turnirining markaziy jangida amerikalik SHon Striklendga ochkolar hisobi bo'yicha imkoniyatni boy berdi va o'rta vazndagi chempionlik kamaridan ayrildi.

Jang oldidan mazkur bellashuv Xamzat uchun o'rta vazndagi so'nggi chiqish bo'lishi taxmin qilingan edi. Taxminlar o'zini oqladi: UFC rahbari Dana Uayt turnir yakuniga etganidan so'ng CHimaevning keyingi jangi yarim og'ir vazn toifasida (93 kg) bo'lib o'tishini elon qildi.

Mazkur vaznning amaldagi chempioni esa yangi zelandiyalik Karlos Ulberg hisoblanadi. Yarim og'ir vaznda o'zbekistonlik Bogdan Guskov ham faoliyat olib boradi. U divizion reytingida o'ninchi o'rinni egallab turibdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ