Artur Guliev Jahon kubogida kumush medalni qo'lga kiritdi
10 MAY, 2026, 15:32
Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tmoqda.Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. 200 metr masofaga kechga kanoechilar bahsida amaldagi jahon chempioni Artur Guliev 38.17 soniya bilan kumush medalga ega chiqdi.
Bundan tashqari, 200 m masofaga kechgan juftlik yo'nalishidagi kanoechilar bellashuvida SHohsanam SHerzodova hamda Nilufar Zokirova juftligi bronza medalini qo'lga kiritdi.

Manba: olamsport.com
