logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Boylar yanada boyimoqda»: Nega Evropaning boshqa ligalari ingliz klublarining EChLdagi sonidan norozi?

 10 MAY, 2026, 13:36

Evropa futbolida Angliya klublarining Chempionlar ligasidagi haddan tashqari ko'p sonidan norozilik kayfiyati kuchaymoqda. Joriy mavsumda APLning bir yo'la 6 ta jamoasi — «Manchester Siti», «Liverpul», «Arsenal», «Nyukasl», «Chelsi» va «Tottenxem» musobaqada ishtirok etdi.

The Times nashrining xabariga ko'ra, Evropaning etakchi klublari va ligalari UEFAga bosim o'tkazishga tayyorlanmoqda. Ularning asosiy talabi — bir mamlakatdan keladigan jamoalar sonini ko'pi bilan 5 ta etib belgilashdir. Norozilikning bosh sababi sifatida «eng boy chempionatning yanada boyib borayotgani» va ingliz klublarining moliyaviy ustunligi tufayli boshqa liga vakillarini Evropa Ligasi hamda Konferentsiyalar Ligasidan ham siqib chiqarayotgani ko'rsatilmoqda.

Hozircha UEFA 2026/27 yilgi mavsum uchun amaldagi tizimni o'zgartirmoqchi emas. Biroq tashkilot kelgusi mavsumlar uchun Evropa klublarining ushbu jiddiy e'tirozlarini inobatga olishini ma'lum qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ