logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» Palmer bo'yicha rejalarini o'zgartirdi

 10 MAY, 2026, 13:24

«Manchester Yunayted» klubi anchadan beri «Chelsi» hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerga asosiy da'vogarlardan biri sifatida ko'rilayotgan edi. Londonliklarning Chempionlar ligasi yo'llanmasidan quruq qolish xavfi ostida turgani ingliz yulduzining klubdagi kelajagini so'roq ostida qoldirmoqda.

Biroq Mirror nashri xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» kelayotgan transfer oynasida 24 yoshli futbolchi uchun kurashmaslikka qaror qilgan. «Qizil iblislar» ayni damda asosiy e'tiborni boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga qaratgan.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali Koul Palmerning bozor qiymatini 110 million evroga baholagan. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi 31 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ