logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Valverde xavotirga tushib qoldi

 10 MAY, 2026, 13:18

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde ishtirokidagi mojaroli voqea futbol jamoatchiligi e'tiborini tortdi. Urugvaylik futbolchi jamoadoshi Orelen Tchuameni bilan mushtlashib ketgan.

Turli manbalarga ko'ra, nizoning kelib chiqishiga aynan Valverde sababchi deb ko'rilmoqda — u doimiy e'tirozlari bilan frantsiyalik futbolchining g'azabini qo'zg'atgan.

Diario AS nashrining xabar berishicha, 27 yoshli Valverde ushbu voqea uning shu paytgacha deyarli benuqson bo'lgan obro'siga putur etkazishidan xavotirda. Futbolchi mazkur mojaro tufayli klub rahbariyati uning «Real»ga sodiqligi va professionalizmiga shubha bilan qarashi mumkinligidan cho'chimoqda.

Eslatib o'tamiz, bugun «qirollik klubi» La Liga doirasida safarda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. «El-Klasiko» Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ