logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Asensioni qanchaga sotishi ma'lum bo'ldi

 10 MAY, 2026, 13:00

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio yozgi transfer oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Ispaniyalik futbolchiga Turkiyaning «Beshiktosh» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Transfer News Live nashrining Fanatik’ka tayanib xabar berishicha, Istanbul klubi «qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi uchun 20 million evro sarflashga tayyor. Avvalroq «Real» rahbariyati futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayotgani va kelayotgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali 23 yoshli himoyachining bozor qiymatini 25 million evroga baholagan. Asensio joriy mavsumda madridliklar safida 31 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ