logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kurtua noyob dizayndagi soatini namoyish etdi (video)

 10 MAY, 2026, 12:54

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Komo shahrida o'tkazilgan Gran-pri bahslariga tashrif buyurdi. Ushbu musobaqa elektr qayiqlar poygasi bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.

Tashrif davomida belgiyalik posbonning qo'lidagi qimmatbaho aksessuar ko'pchilikning e'tiborini tortdi. «Insaneluxury» akkaunti bergan ma'lumotga ko'ra, futbolchi qiymati 27 600 AQSh dollariga teng bo'lgan «Hublot Spirit of Big Bang Titanium Blue Ceramic» soatini taqib yurgan. Mazkur model satinlangan titan va ko'k keramikadan ishlangan bo'lib, o'ziga xos texnik dizayni bilan ajralib turadi.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli posbonning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ