logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Fodenning yangi pozitsiyadagi o'yiniga baho berdi

 10 MAY, 2026, 12:54

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 36-turidan o'rin olgan «Brentford»ga qarshi uchrashuvdan (3:0) so'ng Fil Fodenning yangi pozitsiyadagi o'yini haqida fikr bildirdi.

Ushbu bahsda Foden uchun odatiy bo'lmagan tayanch yarim himoyasi hududida harakat qildi. Gvardiola futbolchining sa'y-harakatlarini alohida e'tirof etdi.

«Bu u uchun noodatiy vaziyat edi. U juda katta hajmdagi ishni bajardi va to'pni nazorat qilishimizda bizga katta yordam berdi. Filda ajoyib iqtidor bor. U ikkita gol urishi ham mumkin edi. Biz maydonda ko'p yillardan beri bilgan o'sha haqiqiy Fodenni ko'rdik», — deya murabbiyning so'zlarini keltirmoqda City Report.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli Foden joriy mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ