logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani «Volfsburg» ustidan qozonilgan qiyin g'alabadan so'ng o'z futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi

 10 MAY, 2026, 12:48

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya chempionatining 33-turidan o'rin olgan «Volfsburg»ga qarshi uchrashuv (1:0) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kompanining ta'kidlashicha, raqib jamoa g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Murabbiy myunxenliklar o'yinni yaxshi boshlagani, biroq 10 daqiqadan so'ng vaziyat keskin o'zgarib, maydon egalari ochko olishi mumkinligini his qilganini qayd etdi.

«Biz ko'p marta to'pni yo'qotdik va muhim kurashlarda imkoniyatni boy berdik. Ikkinchi bo'limda ancha yaxshiroq o'yin ko'rsatdik — jamoamga vaziyatga to'g'ri reaktsiya bildirgani uchun hurmat izhor qilaman», — deya Kompanining so'zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

«Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 16 may kuni «Kyoln»ga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ