Joze Mourino: "Eron terma jamoasi JCh-2026 da ishtirok etishga loyiq"
10 MAY, 2026, 11:00
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinoning fikricha, Eron terma jamoasi AQSh va Isroil bilan bog'liq siyosiy vaziyat hamda xavfsizlik muammolariga qaramay, JCh-2026 musobaqasida ishtirok etishga loyiq.
"Siyosat — boshqa, sport esa butkul boshqa soha. Juda ko'p terma jamoalar ishtirok etadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olgan eronlik futbolchilar musobaqada o'ynashga haqli", — dedi Mourino.
