logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

U-17 Osiyo kubogi. Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ilk uchrashuvidayoq JCH yo'llanmasini hal qilishi mumkin

 10 MAY, 2026, 10:32

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda.

Sergey CHigodaev shogirdlari bugun chempionatdagi ilk uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Bugun o'smirlarimiz hindistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da “King Abdullah Sports City” majmuasining “Hall Stadium” maydonida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Sergey CHigodaev shogirdlari ilk turda SHimoliy Koreya bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq raqibning turnirda ishtirok etishdan voz kechgani sababli o'yin bekor qilingan.

Malumot uchun, o'smirlarimiz bugungi uchrashuvda g'alaba qozonsa, joriy yil Qatarda bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmasini naqd qiladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ