logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Urbig: «EChLdan chiqib ketganimiz og'ir zarba bo'ldi, ammo oldinga intilishimiz kerak»

 10 MAY, 2026, 09:54

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Yonas Urbig Germaniya Bundesligasining 33-turi doirasida «Volfsburg»ga qarshi kechgan o'yindan (1:0) so'ng o'z taassurotlarini bildirdi.

Yosh posbon Chempionlar ligasidagi mag'lubiyatdan keyingi holat va jamoadagi raqobatdosh sheriklarining dastagi haqida to'xtaldi.

«Bugun hammasi yangidan boshlandi. To'g'ri, chorshanba kungi voqea (EChLdan chiqib ketish) meni ancha ruhan tushirib qo'ydi, ammo bunga yopishib olish yoki o'ziga rahm qilish yaramaydi, oldinga intilish lozim. O'yindan so'ng Ulle (Sven Ulrayx) va Manu (Manuel Noyer) yonimga kelib, yaxshi o'yin bilan tabriklashdi, bundan juda xursand bo'ldim», — deydi Urbig klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Shuningdek, u mavsum yakunidagi maqsadlari haqida ham gapirib o'tdi:

«Har hafta qattiq mashq qilyapman. Oldimizda «Kyoln»ga qarshi uy uchrashuvi va kubok finali turibdi. Afsuski, bu Chempionlar ligasi finali emas, lekin biz ishlashda davom etamiz».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ