UFC 328: Eng engil vaznda chempion o'zgarmadi
10 MAY, 2026, 09:18
AQShning Nyuark shahrida bo'lib o'tayotgan UFC 328 turniri doirasida eng engil vazn toifasida chempionlik jangi o'tkazildi. Unda myanmalik Joshua Van yaponiyalik Tatsuro Tayraga qarshi bahs olib bordi.
Besh raundga mo'ljallangan jang yakunida 24 yoshli Van o'z raqibini nokautga uchratdi. Bu g'alaba Joshua uchun professional MMAdagi 17-muvaffaqiyat bo'ldi (2 ta mag'lubiyat). 26 yoshli Tayra esa faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi (18 ta g'alaba).
Shu tariqa, Joshua Van o'z vazn toifasida UFC kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Qayd etish joizki, Van ketma-ket 7 ta jangdan beri g'alaba qozonib kelmoqda.
