logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChLning 2026/2027 yilgi mavsumi uchun 14 ta ishtirokchi nomi ma'lum bo'ldi

 10 MAY, 2026, 09:06

Evropaning eng nufuzli klublar turniri — Chempionlar ligasining yangi mavsumi uchun yo'llanmalar o'z egalarini topishda davom etmoqda. Hozirga kelib, turnirning asosiy bosqichida ishtirok etadigan 14 ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Kecha Frantsiyaning «Lans» jamoasi ushbu ro'yxatga qo'shilgan 14-ishtirokchiga aylandi. Quyida ayni damda musobaqa yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan klublar bilan tanishishingiz mumkin:

Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted»;

Ispaniya: «Barselona», «Real», «Vilyarreal», «Atletiko»;

Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» Dortmund;

Frantsiya: «PSJ», «Lans»;

Italiya: «Inter»;

Portugaliya: «Portu»;

Niderlandiya: PSV.

Mavsum yakuniga ko'ra, jami 29 ta jamoa musobaqaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi. Qolgan 7 ta o'rin esa yozda bo'lib o'tadigan saralash bosqichi orqali aniqlanadi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumning final uchrashuvi 30 may kuni bo'lib o'tadi va unda «PSJ» hamda «Arsenal» jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. Bu ikkala jamoa ham ichki chempionatdagi natijalari orqali keyingi mavsum yo'llanmasini allaqachon hal qilib bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ