logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino futbol tarixidagi eng nafis o'yinchi haqida gapirdi

 10 MAY, 2026, 08:42

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino futbol maydonidagi nafislikni eng yaxshi ifoda etgan o'yinchi kimligi haqidagi savolga javob berdi.

«Bu borada xayolimga keladigan birinchi ism — Zinedin Zidan. Ehtimol, mening bu gaplarimdan Marko Materatstsi norozi bo'lar, ammo Zidanning o'yinini kuzatish — bu shunchaki haqiqiy go'zallik edi», — deya Mourinoning so'zlarini keltirmoqda Goal portali Sport Week nashriga tayanib.

Eslatib o'tamiz, 2006 yilgi Jahon chempionati finalida Zinedin Zidan italiyalik himoyachi Marko Materatstsining haqoratli so'zlaridan so'ng uning ko'krak qismiga kalla bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan edi.

Shuni ta'kidlash joizki, Joze Mourino «Inter»ni boshqargan yillarida Marko Materatstsi bilan juda yaqin va ajoyib munosabatda bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ