logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kilian Mbappe kutilmaganda APLga yo'l olishi mumkin

 10 MAY, 2026, 08:36

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening jamoadagi kelajagi borasida kutilmagan xabarlar tarqaldi. Football Insider nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Angliyaning «Liverpul» klubi frantsiyalik yulduzni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar agar «Real» futbolchini sotishga rozi bo'lsa, shu yozdayoq transferni amalga oshirishga harakat qilib ko'rishadi. Hozircha Madrid klubining o'z etakchisini qo'yib yuborish-yubormasligi noma'lum bo'lib qolmoqda.

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Uning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda frantsuz futbolchisi «qaymoqranglilar» safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali 27 yoshli hujumchining bozor qiymatini ayni damda 200 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ