logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ueyn Runi «Liverpul» va «Chelsi» o'rtasidagi durangga munosabat bildirdi

 10 MAY, 2026, 08:36

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Premer-liga doirasida kechgan «Liverpul» — «Chelsi» (1:1) uchrashuvi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Runining ta'kidlashicha, mehmonlar «mersisaydliklar»ga jiddiy qarshilik ko'rsatishgan.

«Menimcha, «Liverpul» o'yinni juda yaxshi boshladi va gol urdi, ammo keyinchalik «Chelsi» ustunlikni o'z qo'liga oldi. Ayniqsa, Kukurelyaning himoyachilar ortiga amalga oshirgan yurishlari «Liverpul» uchun katta muammo tug'dirdi», — deydi Runi.

Shuningdek, u «Enfild»dagi muhitga ham to'xtalib o'tdi:

«Tribunalarda biroz asabiylik sezildi — «Liverpul» muxlislarida bunday holat kamdan-kam kuzatiladi. Bu mavsumning ular kutgandek o'tmayotgani bilan bog'liq, vaholanki, transferlar uchun katta mablag' sarflangan edi».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ