logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» Usmon Dembele bo'yicha yakuniy qarorga keldi

 10 MAY, 2026, 08:24

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele katta ehtimol Frantsiya poytaxtidagi faoliyatini davom ettiradi. L’Equipe nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma imzolanishiga to'liq ishonmoqda.

Kelishuvning asosiy shartlari allaqachon kelishib bo'lingan. Faqatgina 30 may kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finali sababli muzokaralarning yakuniy bosqichi biroz keyinga surilgan.

Ma'lumot uchun, Usmon Dembele 2023 yilda «Barselona»dan 50 million evro evaziga «PSJ»ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchining bozor qiymatini ayni damda 100 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ