logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dushan Vlaxovich «Yuventus» tarixidagi eng tezkor gollardan biriga mualliflik qildi

 10 MAY, 2026, 08:00

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich «Lechche»ga qarshi kechgan bahsda o'z ismini klub tarixiga yozdirib qo'ydi. Serbiyalik hujumchi uchrashuvning 12-soniyasidayoq raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Kambyazoning jarima maydonchasi markaziga uzatgan to'pini Vlaxovich darvoza to'sini ostiga joylab qo'ydi. Opta statistik portalining ma'lumotlariga ko'ra, ushbu gol «Yuventus»ning 2004/05 yilgi mavsumdan (batafsil statistika yuritila boshlangan davr) buyon qayd etgan eng tezkor uchinchi goli bo'ldi.

Shu tariqa, Vlaxovich 2012 yilda «Inter»ga qarshi bahsning 18-soniyasida gol urgan Arturo Vidalning natijasini yangiladi. A Seriya tarixida faqat Rafael Leau (6-soniya) va Irving Losano (9-soniya) Vlaxovichdan tezroq gol urishga muvaffaq bo'lishgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv «Yuventus»ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ