logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland «Manchester Siti»ning chempionlik imkoniyatlari va charchoq haqida to'xtaldi

 10 MAY, 2026, 07:54

Angliya Premer-ligasining 36-turida «Brentford» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland chempionlik poygasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng «shaharliklar» peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirishdi.

«Chempionlik imkoniyatlari? Agar sen «Manchester Siti»da o'ynayotgan bo'lsang, har kuni bosh sovrin haqida o'ylaysan. Navbatdagi raqib — «Kristal Pelas» bilan o'yin? To'g'risini aytsam, hozir boshqa o'yinlar haqida o'ylayotganim yo'q, shunchaki juda charchaganman. Biz o'yinlarga shunday tayyorgarlik ko'ramizki, dastlabki ikki kun tiklanishdan boshqa narsani xayolga keltirmaymiz, keyin esa navbatdagi bahsda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bizda jarayon mana shunday aylanma tarzda davom etadi», — deydi Xoland Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ