logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland: «Yomon emas»

 10 MAY, 2026, 07:48

Angliya Premer-ligasining 36-turida «Manchester Siti» o'z maydonida «Brentford»ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan biriga mualliflik qilgan Erling Xoland chempionatdagi gollari sonini 26 taga etkazib, to'purarlar poygasidagi peshqadamligini mustahkamladi.

O'yindan so'ng norvegiyalik hujumchi o'z ko'rsatkichlari haqidagi savolga javob berdi.

«Hammasi joyida. Mavsum ko'tarilish va pasayishlar bilan kechdi. Men shunchaki o'z ishimni qilishga harakat qilyapman. 26 ta gol — bu o'tgan mavsumdagidan ko'proq, shuning uchun hammasi normal», — deydi Xoland Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Erling Xoland Angliya chempionatida 22 ta gol urgan va to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallagan edi. O'shanda Aleksandr Isak va Muhammad Saloh undan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lishgan. Joriy mavsumda esa Xoland allaqachon o'z rekordini yangilab ulgurdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ