logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi navbatdagi golini urdi: Argentinalik yulduz Ronalduni quvishda davom etmoqda

 10 MAY, 2026, 07:36

Futbol tarixida 900 tadan ortiq gol urishga muvaffaq bo'lgan futbolchilar — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'z natijalarini yaxshilab bormoqda. Har ikki yulduz faoliyati davomida 1000 ta gol marrasini zabt etishga yaqin turibdi.

Yaqindagina Krishtianu Ronaldu o'zining faoliyatidagi 971-golini nishonlagan edi. Shanba kuni «Inter Mayami» safida «Toronto»ga qarshi maydonga tushgan Lionel Messi ham raqib darvozasini ishg'ol qilib, faoliyatidagi gollari sonini 907 taga etkazib oldi. Ayni damda 41 yoshli portugaliyalik va 38 yoshli argentinalik futbolchilar o'rtasidagi farq 64 ta golni tashkil etmoqda.

Ma'lumot uchun, Lionel Messi qariyb uch yildan buyon AQShning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yakuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ