logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Jeremi Dokuning o'yini haqida fikr bildirdi

 10 MAY, 2026, 07:30

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa vingeri Jeremi Dokuning so'nggi o'yinlarda ko'rsatayotgan natijalariga yuqori baho berdi.

«U allaqachon shakllangan, «tayyor mahsulot»dek ko'rinmoqda, vaholanki, uning yanada o'sish uchun imkoniyatlari bor. Raqiblarni aldab o'tish va vaziyatlar yaratish borasida unda doim ajoyib qobiliyat bo'lgan. Bu — yuqori daraja. Endilikda u jamoaning g'alabalariga yanada ko'proq hissa qo'shmoqda. Safimizda shunday kuchli energiyaga ega va gol ura oladigan o'yinchi borligidan xursandman», — deydi Gvardiola Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, «Brentford» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, «Manchester Siti» Angliya Premer-ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi. «Shaharliklar» 13 may kuni «Kristal Pelas» jamoasini qabul qilishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ