logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiolaning birgina harakati matbuot anjumanida kulgiga sabab bo'ldi (FOTO)

 10 MAY, 2026, 06:12

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida «Manchester Siti» «Brentford»ni mag'lub etib (3:0), peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi. Chempionlik uchun kurashayotgan har ikki jamoa ixtiyorida yana 3 tadan o'yin qolgan.

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumani yakunida «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola o'ziga xos harakat bilan jurnalistlar e'tiborini tortdi. Murabbiy joyidan turishdan oldin qo'llarini yuqori ko'tarib, ularni chappashtirgan holatda «krest» (X) belgisini ko'rsatdi. Ma'lumki, ushbu jest Londonning «Vest Xem» klubi ramzi hisoblanadi.

Bugun, yakshanba kuni «Vest Xem» o'z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Gvardiola shu tariqa bo'lajak bahsda «bolg'achilar»ga muxlislik qilishi va London klubining ochko yo'qotishidan manfaatdor ekaniga sha'ma qilgan.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ