logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta «PSJ» haqida fikr bildirdi

 10 MAY, 2026, 05:48

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta EChL finalidagi raqibi — «Pari Sen-Jermen» jamoasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«To'pchilar» yarim final bosqichida Madridning «Atletiko» klubidan ustun kelishgan bo'lsa, parijliklar Myunxenning «Bavariya» jamoasini musobaqadan chiqarib yuborishdi.

«Raqibimiz «PSJ» bo'ladimi yoki «Bavariya» — baribir yuqori darajadagi jamoaga qarshi o'ynashimizni bilardik. Raqibimiz qanchalik kuchli ekanini yaxshi tushunamiz. Albatta, biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olishimizga ishonamiz», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Ma'lumot uchun, joriy yilgi Chempionlar ligasi finali 30 may kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda «PSJ» yarim finalda aynan «Arsenal»ni musobaqadan chiqarib yuborgan, finalda esa «Inter»ni 5:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ