logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabritsio Romano Xabi Alonsoning «Chelsi»ga o'tishi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

 10 MAY, 2026, 05:36

Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Poytaxt klubi yangi mavsumdan jamoani boshqaradigan munosib mutaxassis izlash bilan band.

Insayder Fabritsio Romanoning bergan ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi kunlarda «aristokratlar» bilan bog'liq xabarlar ko'paygan bo'lsa-da, ispaniyalik murabbiy hozircha birorta klub bilan aniq muzokaralar olib bormagan. Manbaning ta'kidlashicha, «Bayer» va «Real Madrid» sobiq ustozi katta futbolga qaytishga hamda qiziqarli loyihalarni qabul qilishga ochiq, biroq ayni damda unda tayinli variantlar mavjud emas.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» rahbariyati joriy yilning aprel oyida Liam Rosenorni iste'foga chiqargan edi. Jamoa yangi mavsumni yangi murabbiy qo'l ostida boshlashni rejalashtirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ