logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frantsiyada Elitaga chiqish va quyi ligaga tushish belgilanadigan bahsda janjal chiqdi

 10 MAY, 2026, 05:06

Futbol bo'yicha Frantsiya ikkinchi divizioni doirasidagi «Bastiya» va «Le-Man» jamoalari o'rtasidagi bahs tribunalardagi tartibsizliklar tufayli hakam tomonidan to'xtatildi.

Bastiya shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvning qo'shib berilgan daqiqalarida, hisob «Le-Man» foydasiga 2:0 ko'rinishiga kelgach, mahalliy muxlislar maydonga turli buyumlar, jumladan, petardalar uloqtirishni boshlagan. Vaziyat keskinlashgani sababli o'yinni davom ettirish imkoni bo'lmagan.

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv ikki jamoa taqdiri uchun ham o'ta muhim ahamiyatga ega edi. G'alaba «Le-Man»ga mamlakat yuqori divizioni — Liga 1 yo'llanmasini taqdim etsa, «Bastiya» mag'lubiyat tufayli uchinchi divizionga tushib ketishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Trua» jamoasi 67 ochko bilan muddatidan oldin Liga 1 yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Jamoa oxirgi marta 2022/23 yilgi mavsumda elitada ishtirok etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ