logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Galatasaroy» muddatidan oldin Turkiya chempioniga aylandi

 10 MAY, 2026, 00:42

Turkiya Superligasining 33-turida «Galatasaroy» o'z maydonida «Antalyaspor»ni qabul qildi. Bahsda istanbulliklar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yin davomida mezbonlar ikki bor hisobda ortda qolishdi, biroq iroda namoyish etib, yakunda muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Viktor Osimxen o'zining ikkinchi golini urib, jamoasiga chempionlik keltirgan to'pga mualliflik qildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Galatasaroy» ochkolari sonini 77 taga etkazdi va chempionat yakuniga bir tur qolganda eng yaqin ta'qibchisi «Fenerbaxche» (73 ochko) uchun etib bo'lmas masofaga chiqib oldi.

Shu tariqa, «Galatasaroy» qatorasiga to'rtinchi bor va o'z tarixida 26-marta Turkiya chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'ldi. Ma'lumot uchun, ularning asosiy raqobatchisi «Fenerbaxche» hisobida 19 ta titul bor va jamoa oxirgi marta 2014 yilda oltin medallarni qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ